19 okt 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Janggiga uch kun qolgan Islam Maxachev yana qancha vazn tashlashi kerak?
Ayni daqiqalarda UFC 280 ishtirokchilari matbuot anjumanida ishtirok etishmoqda.
UFC kamariga davogar Islam Maxachev yana qancha vazn tashlashi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.
«Men bir oydan beri Abu-Dabidaman, iqlimga moslashib bo'ldim. Menimcha, Braziliyada ham iqlim shunday va shu sababli Oliveyraga ham bunday ob-havo unchalik qiyinchilik tug'dirmaslik kerak. Vaznim? Yana besh kgcha ortiqcha vaznim bor. Menda yana to'rtta mashg'ulot qoldi va bu og'irlikni yo'qotishim kerak»,-dedi Islam.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar