16 okt 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Jangiga ikki hafta qolgan Mahmud Muradov Polshadagi mashg'ulotlarni yakunladi + FOTO
UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov Polshada o'tkazgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, CHexiyaga qaytdi.
Hamyurtimiz 30 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida polshalik Krishtof Jotkoga qarshi oktagonga ko'tariladi. Kuchli sparringlarga yo'naltirilgan mashg'ulotlarning bevosita raqib davlatida o'tkazilgani etiborga molik.
"Aziz do'stlar, Polshadagi mashg'ulotimni yakunladim. Bu yig'inda asosiy etibor kuchli sparring janglarga qaratildi. Menda hammasi joyida. O'zimni har qachongidan ham kuchli his qilayapman. Nasib qilsa, 30 oktyabr kuni chiroyli g'alabam bilan barchangizni xushnud etaman", - deydi Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar