24 iyu 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Jangiga oz muddat qolgan SHohjahon Ergashevning tayyorgarligi qanday? + VIDEO
10 avgust kuni AQSHning Michigan shtati Detroyt shahrida biz uchun ahamiyatli boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Salita Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomi doirasida hamyurtimiz SHohjaxon Ergashev ham ringga ko'tariladi. Aynan ushbu kompaniyaning mijozi bo'lgan charm qo'lqop ustamizga bo'lajak jangda meksikalik Anxel Martines Ernandes raqiblik qiladi.
Hamyurtimiz kuni kecha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga mashg'ulotlaridan lavha joyladi.
Eslatib o'tamiz, SHohjaxon Ergashev so'nggi bor 26 may kuni Luis Alberto Veronga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, SHohjahonning bo'lajak raqibi haqida malumot bergan edik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar