So’nggi yangiliklar

13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0

06 iyu 11:53
Yangiliklar

Boks/MMA

"Janglar biznesdan osonroq edi, chunki..." - Xabib Nurmagomedov biznes loyihalari haqida gapirdi

Teglar :  Xabib Nurmagomedov
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining biznes loyihalari haqida gapirib, tadbirkorlikni MMA janglari bilan taqqosladi.

"Olti yildan beri biznes loyihalarimni boshqarib kelyapman va jangchilarni tayyorlayman. Bu kun tartibiga juda etiborli bo'lishni talab qiladi. Jang qilish osonroq edi, u erda hammasi soddaroq va halolroq bo'lardi. Biznesda esa bazan o'zing uchun noqulay sharoitlarda ham kurashishga to'g'ri keladi.

Biznesni jamoasiz qurib bo'lmaydi. Mening sport zalim, qahvaxonalarim bor va har bir yo'nalishda o'z jamoasi ishlaydi. Bularning barchasini bir-ikki yilda qurmaganman. Buning uchun besh-olti yil vaqt ketdi.

Muvaffaqiyatli biznes qurishdagi eng muhim narsa — malumot. Sen uni jamoang bilan bo'lishishing, doim aloqada bo'lishing va ochiq bo'lishing kerak. Men har kuni jamoam bilan muloqot qilib turishga harakat qilaman", — dedi Xabib Sharjah Entrepreneurship Festival'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

SHuningdek, Nurmagomedov muvaffaqiyatli insonlardan maslahat olish muhimligini takidladi.

"Ha, albatta. Sendan ko'ra kattaroq muvaffaqiyatga erishgan insonlarni tinglash doimo muhim. Qora belbog'ing bo'lsa ham, ruhiy jihatdan oq belbog'li inson bo'lib qolishing kerak. O'rganishda davom et va o'zingni cho'qqiga chiqdim deb hisoblama.

Biznesda oq belbog'li inson bo'lib qolish sportdagidan ham muhimroq", — deya qo'shimcha qildi Nurmagomedov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing