05 mar 11:35
Yangiliklar
Jared Anderson panjara ortiga ravona bo'lishi mumkin
Amerikalik 23 yoshli bokschi Michigan shtati shossesida policiyadan qochgan va bu "poyga" uchun u 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. O'tgan payshanba kuni hibsga olingan Anderson oradan ikki kun o'tib, 10 000 dollar garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgandi.
Policiyaning xabar berishicha, Andersonning avtomobili bagajiga kamera o'rnatilgan bo'lgan. Bu esa yo'l patrul xodimlarining diqqatini o'ziga tortgan. Natijada soatiga 200 km tezlikda ketayotgan Jaredning ortidan tushishgan. Policiya taxminan 10 km bokschining ortidan quvib, uni hibsga olgan.
Ushbu holat yuzasidan sud jarayoni 13 mart kuni bo'lib o'tadi. Agar bokschi aybdor deb topilsa, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Eng oddiy jazo esa 1000 dollar miqdorida jarima hamda bir yilga avtomobil boshqarishni mahrum qilish bo'ladi.
Malumot uchun, Jared Anderson 13 aprel kuni Texasda Riad Merxiga qarshi ringga ko'tarilishi kerak. Hozircha Andersonning promouterlari va tashkilotchi Top Rank kompaniyasi ham ushbu holatga munosabat bildirmagan.
Fikrlar