22 mar 09:09
Yangiliklar
Gimnastika
Jarohatdan qaytgan Taxmina Ikromova Marbelya Gran-prisida shohsupaga ko'tarildi
Ispaniyaning Marbele shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Gran-pri seriyasidan o'rin olgan turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqaning kechagi kuni doirasida yakkalik yo'nalishidagi ko'pkurash bellashuvlari tashkil etildi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasining etakchi vakilasi Taxmina Ikromova 112.70 ball to'pladi.
Ahamiyatlisi, bu orqali hamyurtimiz 20 nafar sportchi orasida ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etib, kumush medalga ega chiqdi. Bu Ikromova uchun jarohatdan keyingi ilk musobaqa bo'ldi.
Marbelya Gran-prisi 2026. Ko'pkurash
1. Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 115.50
2. Taxmina Ikromova (O'zbekiston) – 112.70
3. Liliana Levinski (Polsha) – 110.10.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar