01 may 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Jarrel Miller Fabio Uordliga qarshi chempionlik jangidan voz kechdi
Superog'ir vaznli amerikalik prof bokschi Jarrel Miller (26-1-2, 22 KO) hamda britaniyalik Fabio Uordli (18-0-1, 17 KO) o'rtasidagi titul bahsi o'tkazilmaydi, deb xabar bermoqda TWTD nashri.
Manbaga ko'ra, Miller 7 iyun kuni Fabioning ona shahri bo'lgan Ipsvichdagi Portman Roudda bo'lib o'tadigan Uordliga qarshi WBA Interim chempionlik jangida ishtirok etmaslikka qaror qilgan.
Ko'plab manbalarga ko'ra, 36 yoshli Jarrelning nima sababdan bunday qarorga kelgani nomalum. Frenk Uorren boshchiligidagi Queensberry Promotions kompaniyasi hozirda Uordli uchun faol ravishda yangi raqib izlamoqda.
Havola :
Manba : TWTD
Fikrlar