22 mar 13:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Jarrell Miller kubalik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi + POSTER
25 aprel kuni amerikalik taniqli og'ir vaznli charm qo'lqop ustasi Jarrell Miller Las-Vegasdagi turnirda ringga qaytadi.
Uning raqibi kubalik Lener Pero bo'ladi. Ushbu jang superog'ir vazn toifasidagi WBA kamari uchun Eliminator maqomida o'tadi.
37 yoshli Miller bu yil allaqachon bir marta jang qilishga ulgurdi. U yanvar oyida nigeriyalik Kingsli Ibeni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Malumot uchun, mazkur diviziondagi WBA chempionlik kamari hozirda Aleksandr Usikka tegishli bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar