21 may 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA
"Jasco Coach" Edil Esengulovning mojaroli gap-so'zlariga munosabat bildirdi (VIDEO)
Mangu MMA Ligasi rahbari Jasur Alijonov qirg'izistonlik Edil Esengulovga murojaat qildi.
Edil avvalroq, Instagram sahifasi orqali Jasur Alijonovdan Xotambek Boynazarovga qarshi jang tashkil qilib berishini so'ragandi.
"Bu erda hech qanday adovat yo'q. Agar Xotambekka qiziq bo'lsa, bu jangni Mangu 5 turnirida tashkil qilishimiz mumkin. Edil Esengulov, o'zbekistonlik boshqa sportchilar haqida hech qanday ortiqcha gap-so'zlar kerak emas. Agar haqiqatan jang qilmoqchi bo'lsang, chiroyli yo'l bilan kelishib olsak bo'ladi", deya fikr bildirgan Alijonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar