So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

26 iyu 07:43
Yangiliklar

Boks/MMA

"Jasko Koach" Muradovning Brayan Barberena bilan jangdagi imkoniyatlari haqida gapirdi + VIDEO

Mahmud Muradovning murabbiyi Jasur Alijonov Olamsport.com bilan suhbatda shogirdining 23 iyul kuni Brayan Barberenaga qarshi bo'lib o'tadigan jangi haqida gapirdi.

"Bu Mahmud uchun so'nggi imkon bo'lishi mumkin. O'zi shartnoma bo'yicha ikkita jang qolgan deyishgan edi, lekin bu so'nggisi. Raqibida ham so'nggi imkoniyat. Mahmudning imkoniyatini u qadar yuqori deb o'ylamayman. CHunki raqibi ham juda tajribali. U ko'p sportchilar bilan jang qilgan, jumladan Leon Edvards bilan. Yaqinda Rafael dos Anosga yutqazgan edi. U 77 kgdan 84 ga o'tmoqda. Bu Mahmudga oson bo'ladi, deb o'ylamayman. CHunki raqibi tajribali. Lekin imkoniyatlari bor. Vazn va zarba texnikasi borasida. Endi Mahmud qanaqa taktika tayyorlayapti, bu haqda to'liq malumotga ega emasman. Brayan asosan kurash evaziga yutqazgan. Lekin Mahmud unga qarshi kurash qiladi, deb o'ylamayman. CHunki hamma ham o'zining "fishka" uslubini ishlatadi.

Lekin Borralo bilan jangdan keyin Mahmud Muradov ham kurashga etibor bergan bo'lsa kerak?

"Ayni damda kurashga etibor juda katta. Men kecha ham o'zi bilan gaplashganimda, "Asosan kurash qilyapmiz, "stoyka"da kerakli zarbalar, texnikalar qo'yish borasida ishlayapmiz" dedi. Ko'rgan bo'lsangiz, Borralo bilan ham yaxshi kurashdi. Ko'p vaziyatlardan chiqib keta oldi, unaqasiga Borralo uncha-munchasini qo'yib yubormaydigan jangchi, lekin ishladi va mana qo'lidan keldi. 

Biroq Borraloga qarshi jangda Muradov parterda ko'proq vaqt o'tkazgan edi...

"Ha, shunaqa. 3-raundda agar ko'rgan bo'lsangiz, oxirgi imkoniyating, qo'lingdan kelganini qilib "stoyka"da ishla, desam, kurashga kirdi. Endi meni gapimni eshitdimi, yo boshqa murabbiyni gapini eshitdimi, bilmadim-u, kurashga kirib, o'z kuchini kurashda sinadi. Teykdaun qilmoqchi bo'ldi, o'xshamay qoldi. Endi bu ham lotereya, qachon yutadi, qachon yutqazadi, bilib bo'lmaydi. SHunaqa sportchilarni ko'rganmiz, uchinchi raundda ham yutib turgan joyida bitta zarba bilan yutqazib qo'yganini.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing