So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

15 apr 20:26
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jasmina va Madina Osiyo chempionatining kumush medali sohibalari

Teglar :  Ayollar kurashi
Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Xabar berganimizdek, bugun qita chempionatida ayollar kurashi vakilalari bahslarga kirishishdi. Bugun beshta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Final bellashuvlarida to'rt nafar kurashchi-qizimizning gilamga chiqishi malum bo'lgandi. 

50 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasmina Immaeva Osiyo chempionatining oltin medali uchun kechgan bahsda qozog'istonlik Valentina Islamovaga yutqazdi va kumush medalga ega chiqdi. 

55 kg vazndagi sportchimiz Madina Usmonjonova ham Osiyo chempionatining kumush medali bilan taqdirlandi. Jasminadan farqli ravishda Madinaning vaznida bahslar aylana tarzida o'tkazildi va unda Usmonjonova ikkita bellashuvni o'z foydasiga hal qildi. U so'nggi uchrashuvda qozog'istonlik Aysha Ualishandan 4-1 hisobida ustun keldi. 

59 kg vazndagi kurashchimiz Dilfuza Aymbetova bronza medali uchun qirg'izistonlik Nurayda Anarkulovaga, 68 kilogrammda Azoda Esbergenova esa koreyalik Jeong Sunga imkoniyatni boy berdi. 

SHu tariqa, bugungi bahslarni O'zbekiston ayollar terma jamoasi 2 ta kumush medal bilan yakunladi. Ertaga qolgan 5 ta vazn toifasida bellashuvlar o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing