04 iyu 12:13
Yangiliklar
Jasmina va SHohida reyting turniri finalida, yana ikki vakilamiz bronza uchun kurashadi
Quvonarlisi, biroz avval ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda ikki vakilamiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Yoshlar Olimpiadasi bronza medali sovrindori SHohida Ahmedova finalda oltin medal uchun kurashadigan bo'ldi. 55 kg vazndagi kurashchimiz 1/2 finalda hindistonlik Sushma SHokinni muddatidan avval mag'lub (9-0) eta oldi. Uning finaldagi raqibasi qozog'istonlik Marina Sedneva bo'ladi. Bu ikki kurashchining ikkinchi davradagi o'zaro bahsiida Sedneva 12-9 hisobida ustun kelgandi.
50 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasmina Immaeva esa 1/4 finalda qozog'istonlik Svetlana Ankichevani 7-0, 1/2 finalda mo'g'ulistonlik Otgonjargal Dolgorjavni so'nggi ball (6-6) evaziga engdi. Endi Jasmina oltin medal uchun yana bir mo'g'ul kurashchisi Namuuntsegtseg Tsogt Ochirga qarshi gilamga chiqadi.
SHuningdek, kechki dasturda kurashchi-qizlarimizdan Aktenge Keunimjaeva (53 kg) mo'g'ulistonlik Buman Enxboldga, Ariuxan Jumabaeva (65 kg) qozog'istonlik Gauhar Mukatayga qarshi bronza medali uchun bahs olib boradi.
Fikrlar