04 jan 08:38
Yangiliklar
Jastin Getji: "Bu telbalar sporti"
"Men intuiciyamga ishonaman. Masofani his qilishga, taymingga, kerakli paytda kerakli joyda bo'lish qobiliyatimga ishonaman. Bu telbalar sporti. Bu erda istalgan narsa bo'lishi mumkin. SHuning uchun ham har bir jangni nafasimizni ichiga yutib tomosha qilamiz — chunki har lahzada hamma narsa teskariga o'zgarib ketishi mumkin.
Oxir-oqibat, bunday raqibga qarshi xatolarga yo'l qo'ymaslik muhim. Uning o'ng qo'lini, chap xukni etiborsiz qoldirmaslik kerak. Uning kombinaciyalari — men bu sportda ko'rgan eng yaxshilaridan biri. Bu ajoyib chaqiruv. Va menga shu darajada qo'rqish hissi yoqadi", - dedi Getji.
Bungacha Getji UFC 324 turnirining asosiy jangida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Peddi Pimblettga qarshi to'qnash keladi.
Fikrlar