21 okt 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji matbuot anjumanida nimalar dedi?
Biroz avval Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda vaqtichalik kamar sohibi Jastin Getji ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
24 oktyabr kungi jang oldidan tashkil etilgan bugungi tadbirda raqiblar ilk bor yuzma-yuz kelishdi.
"Xabib nima qilayotganini yaxshi biladi va shunga ishonadi. U meni dabdala qilib tashlashiga o'zimni tayyorlaganman. Vaqti kelganda men hamisha maksimum darajada jang qilaman. Xabib oktagonda qancha turib bersa, men ham shuncha turaman.
To'g'risi, Xabibning janglarini ko'rmadim. Lekin u jang qilgan oqshomdagi janglarni tomosha qilganman. Raqibim Xabib bo'lishini bilgan kunimdan boshlab uning janglarini ko'rmadim. Meni qafasga "qamab" olishiga yo'l qo'ymayman. U meni ushlab olishga urinsa, unga shikast etkazishga harakat qilaman. Oyog'iga zarbalar beraman", — dedi Getji.
Havola :
Fikrlar