26 noy 18:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getjiga “vyzov” tashlashdi
UFC jangchisi Den Huker Jastin Getjiga qarshi jang qilmoqchi.
“Getjiga qarshi jang qilmoqchiman. CHendler? U dekabrda Toniga qarshi jang qilishni istamadi. Sababi yaqinda vazn tashlagani bo'lgan. Menga ular qiziq emas, men Jastinga qarshi oktagonga ko'tarilmoqchiman”,-dedi Huker.
Eslatib o'tamiz, Getji va Huker so'nggi janglarida imkoniyatni boy berishgan. Getji Xabibga ikkinchi raundda mag'lub bo'lgan bo'lsa, Huker esa Porega qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar