So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

03 avg 21:49
Yangiliklar

Taekvondo

Jasur Boyqo'ziev: "Jahon chempionatida taekvondochilarimiz tarixdagi eng yaxshi natijani qayd eta oladilar"

Xabaringiz bor, 7-10 avgust kunlari Toshkent shahri taekvondo WTF bo'yichaa kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ayni kunlarda O'zbekiston terma jamoasi ham musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Terma jamoamiz murabbiylar shtabida Osiyo o'yinlari chempioni, jahon chempionati sovrindori, tajribali taekvondochi Jasur Boyqo'ziev ham faoliyat olib bormoqda. 

Biz oldinda turgan jahon chempionati oldidan Jasur Boyqo'zievning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Hozirgi kunda O'zbekiston kadetlar terma jamoasida katta murabbiy Sobir Nazaralievga yordamchi sifatida ish olib boryapman. Sportchi bo'lganim uchun murabbiylik sohasida ham o'zimni sinab ko'rmoqchi bo'ldim. Terma jamoaga kelib, murabbiylik qanday qiyin soha ekanligini his qildim. Sababi siz sportchi bo'lsangiz faqat o'zingiz uchun harakat qilasiz. Murabbiy sifatida esa qo'l ostingizdagi barcha sportchiga etibor qaratishingiz lozim bo'ladi. To'g'risini aytsam bu juda qiyin ekan.  

Sportchi zalga keladi, belgilangan reja asosida mashg'ulotlarini olib boradi va keyin dam olishi mumkin bo'ladi. Murabbiy esa mashg'ulotlardan so'ng ham izlanishdan to'xtamasligi lozim. Siz olib borilgan mashg'ulotlarni tahlil qilishingiz, turli rejalar tuzishingiz va raqiblarni o'rganishingiz lozim bo'ladi. 

SHuning uchun qo'ldan kelgancha kadetlar terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtiroki uchun katta murabbiyga yordam berib kelyapmiz. Hozirgi kunda terma jamoamiz safidagi yosh sportchilarimiz harakatchan va mehnatsevar. O'ylaymanki, ushbu jahon chempionatida taekvondochilarimiz tarixdagi eng yaxshi natijani qayd eta oladilar.

Musobaqaning tashkiliy jihatlari haqida gapiradigan bo'lsam, ayni paytda mazkur musobaqaga tayyorgarlik jiddiy davom etmoqda. Bu borada tashkiliy qo'mita tomonidan katta hajmda ish olib borilmoqda. Ishonamanki, O'zbekiston bunday tayyorgarlik bilan jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkaza oladi", - dedi Jasur Boyqo'ziev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing