So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

24 okt 14:18
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Jasur Matchanov FINA Prezidenti bilan O'zbekistonda suv sport turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Xabaringiz bor, poytaxtimizda suv polosi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi.

Ushbu nufuzli musobaqaga bir qator martabali mehmonlar tashrif buyurishgan. Jumladan Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) Prezidenti Xulio Sezar Maglione, Osiyo suzish federaciyasi Bosh kotibi Taxa Sulaymon Al-Kishri kabi mutasaddilar ayni paytda Toshkent shahrida bo'lib turishibdi.

Qayd etish lozimki, endi Olimpiya o'yinlarida suv sporti turlari bo'yicha eng ko'p medallar jamlanmasi o'ynaladi. Tashkilot Olimpiya o'yinlari dasturidagi medallar jamlanmasi soni bo'yicha Tokio 2020 o'yinlarida engil atletikani ham ortda qoldirdi. SHu sababdan ham suv sporti turlarini rivojlantirishga bundan buyon alohida etibor qaratiladi.


Bugun, 24 oktyabr kuni mehmonlar Milliy olimpiya qo'mitasiga ham tashrif buyurishdi. Ularni Bosh kotib Jasur Matchanov kutib oldi. Tomonlar uchrashuv davomida bir qator masalalar yuzasidan muzokara olib borishdi, fikr almashishdi.

"O'zbekiston Osiyoning kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Yurtingizda suv sporti turlari bilan shug'ullanish uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan", - deb so'z boshladi janob Maglione.

O'z navbatida Jasur Matchanov ham yurtimizda nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilish tajribasi mavjud ekanligi, kelajakda bundan ham yirikroq musobaqalarni o'tkazish rejada bor ekanligi haqida gapirdi.

"Yurtimizda suv sporti turlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Kelajakda bundan ham nufuzli musobaqalarni o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Oldimizda turgan suv polosi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini ham yuqori saviyada o'tkazishga harakat qilamiz. O'zbekistonda suzish ommaviyligini ko'tarishga alohida etibor qaratyapmiz. Strategik reja asosida suv sportini ham rivojlantiramiz va Olimpiya o'yinlarida ham medal qo'lga kiritmoqchimiz", - dedi Jasur Matchanov.

SHuningdek, MOQ Bosh kotibi uchrashuv davomida mamlakatimizga malakali murabbiylar, suzish bo'yicha jahon yulduzlarini taklif etish, ular ishtirokida seminar, master-klasslar tashkil qilish masalasiga etibor qaratdi. Mamlakatimizda sport rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. Xalqaro suzish federaciyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib, O'zbekiston kelajakda nafaqat Osiyoda, balki jahon miqyosida ham etakchi mamlakatlar qatoriga kirishiga umid qilayotganini aytib o'tdi. O'z o'rnida FINA rahbari Xulio Sezar yurtimizga suzish bo'yicha etakchi mutaxassislarni yuborishini malum qildi.

Uchrashuv yakunida Jasur Matchanov ananaga muvofiq Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan martabali mehmonlarga esdalik sovg'asini taqdim etdi.

So'ngra mutasaddilar Milliy olimpiya qo'mitasi muzeyini tomosha qilishdi va Xulio Maglione mehmonlar kitobiga o'z dil izhorlarini, samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing