08 dek 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Javohir Ummataliev ham Osiyo chempionati oltin medali uchun jang qiladigan bo'ldi
Tailandning CHiangmay shahri mezbonligida o'tayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham yakuni sari yaqinlashmoqda.
Qita chempionatida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev chorak final jangida tailandlik Virapon Jongjohoni musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Bu safar u Xitoy Taypeyi bokschisi CHeng-En Liuga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Navbatdagi nokdaundan so'ng referi uchinchi raundning o'rtalarida jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Sakkizinchi bokschimiz ham Osiyo chempionatining finalida ishtirok etadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar