05 may 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummataliev Manchesterdagi katta prof boks oqshomida kim bilan jang qilishi malum bo'ldi
9 may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi Co-Op Live Arena majmuasida professional boks turniri tashkil etiladi.
Xabar berganimizdek, oqshom doirasida charm qo'lqop ustamiz, havaskor boksda amaldagi Jahon chempioni Javohir Ummataliev ringga ko'tariladi. 21 yashar hamyurtimizga polshalik Damian Drabik raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Javohir Ummataliev prof boksda hozirga qadar 1 ta jang o'tkazib, g'alabaga erishgan. 33 yoshli Damian Drabik hisobida esa 5 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Etiborlisi, 9 may kungi oqshomda yana bir yurtdoshimiz — Bahodir Jalolov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Oqshomning markaziy jangi esa Fabio Uordli va Daniel Dyubua o'rtasida WBO superog'ir vazn chempionlik kamari uchun kechadi.

Havola :
Manba : boxrec.com
Fikrlar