09 may 22:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummataliev professional boksdagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Manchester shahridagi Co-Op Live Arena majmuasida professional boks oqshomi bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi, havaskor boksda amaldagi jahon chempioni Javohir Ummataliev Polsha vakili Damian Drabikka qarshi ringga ko'tarildi.
Yarim og'ir vazn toifasidagi 6 raundlik bellashuv ikkinchi raundda o'z nihoyasiga etdi. Jangda Javohir raqibini nokaut orqali taslim etdi.
Bu Ummatalievning prof boksdagi ikkinchi jangi edi. U o'zining ilk bahsida ham raqibidan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar