28 noy 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir va Asadxo'ja Rossiyadagi turnir oldidan tarozidan o'tishdi, bugun ular prof boksda debyut qilishadi + VIDEO
Bugun Rossiya Federaciyasining CHelyabinsk shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Avval xabar berganimizdek, turnir doirasida o'zbekistonlik bokschilar — Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev hamda Javohir Ummataliev ham ringga ko'tariladi.
24 yoshli Olimpiya o'yinlari g'olibi, Jahon chempioni Asadxo'ja musobaqa doirasida qozog'istonlik Aydos Tastaev (8-7-0) bilan to'qnash keladi.
Joriy yil Liverpul shahrida o'tkazilgan Jahon chempionatida oltin medalga ega chiqqan Javohir Ummataliev esa prof karerasidagi ilk jangini Ozarbayjon vakili Rahim Aliev (3-0-0)ga qarshi o'tkazadi.
Kecha har ikki bokschimiz turnir oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi. Bugungi janglarning Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan keyin boshlanishi belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar