So’nggi yangiliklar

15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0

02 may 23:42
Yangiliklar

Boks/MMA

JCH, 2-kun. O'zbekiston yo'qotishlarsiz odimlamoqda, Qozog'iston, Kuba va Rossiyada holat qanday?

Bugun boks bo'yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni ham yakuniga etdi.

Bugungi kun doirasida uch nafar o'zbekistonlik bokschi jang qildi:

1. - 63 kgda saralash jangi: Manuel Febus (Puerto-Riko) - Ruslan Abdullaev, (Hakamlarning yakdil qarori bilan).
2. - 86 kgda saralash jangi: SHohjahon Abdullaev - Adilbek Erkin Uulu (Qirg'iziston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan). 
3. - 80 kgda saralash jangi: Jasurbek Yo'ldoshev - Yunes Nemochi (Jazoir), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Kecha esa - 60 kgdagi Mujibillo Tursunov raqibini uyiga ravona qilgan edi. SHunday qilib, 1/16 final bosqichga yo'l olgan bokschilarimiz soni uch nafarga etdi. SHohjahon Abdullaev esa nimchorak finalga yo'l oldi.


Bugungi kun doirasida raqib mamlakatlardan biri — Qozog'istonning ikki bokschisi ringga chiqdi:

1. - 86 kgda saralash jangi: Togambay Sag'indik (Qozog'iston) - Natan Nlandu Mbeli (DR Kongo), (3-raundda texnik nokaut bilan).
2. - 63,5 kgda saralash jangi: Sanatali Toltaev (Qozog'iston) - Axmad SHtivi (Isroil), (Hakamlar qarori bilan).

Takidlash lozim, xuddi O'zbekiston singari Qozog'istonning ham to'rt nafar vakilining barchasi keyingi bosqich masalasini hal qila oldi. Kecha qo'shnilarimizdan Talgat Sirimbetov va Aybek Oralbaylar ham raqiblari ustidan zafar quchgan edi.


Rossiyaliklarning musobaqadagi ishtiroki bugun boshlandi:

- 86 kgda saralash jangi: SHarabutdin Ataev (Rossiya) - Milosav Savich (Serbiya), (Hakamlar qarori bilan).


Kuba terma jamoasida ham bugun ikki bokschi ringga chiqdi:

1. - 86 kgda saralash jangi: Nelson Uilyams (Kuba) - Daniel Gusman (Dominikan Respublikasi), (Hakamlar qarori bilan).
2. - 63,5 kgda saralash jangi: Lasaro Alvares (Kuba) - Sesar Morales (Meksika), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Kecha kubaliklardan Orta Rodriges raqibi ustidan zafar quchib, keyingi bosqich masalasini hal etgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing