So’nggi yangiliklar

16:18Дана Уайт: "Ҳатто чақмоқ ҳам UFC Freedom 250 турнирини тўхтата олмайди" 0 15:48Енгил атлетикачимиз Финляндиядаги турнирда совриндор бўлди 0 15:21ЖЧ-2026 арафасида футбол қоидаларида бир нечта ўзгаришлар бўлди: мана ўша 10 та банд 0 14:57Боксчиларимиз тўлиқ таркибда Жаҳон кубогида иштирок этади 0 14:33Мана буни омад деса бўлади! Саралашда ютқазган Раҳимова "лаки лузер" сифатида тўғридан-тўғри Лондондаги WTA турнирининг 1/8 финалига йўл олди 0 14:08"Унга UFC турнирига келиш тақиқланмаган" - Дана Уайт чемпион ҳақида гапирди 0 13:43Криштиану Роналду ЖЧ-2026 бошланишидан олдин фикр билдирди 0 13:09Волкановски: "Мен энг кучлиси билан жанг қилмоқчиман. У - Евлоев" 0 12:41Дана Уайт: "У оғир вазн чемпиони бўлса, барча даврларнинг энг буюк жангчисига айланади" 0 12:17UzChess Cup III. Шов-шув кўтарган Мадаминовда кетма-кет иккинчи мағлубият, Воҳидов пешқадам! 0 11:53Ўртоқлик ўйини. ЖЧ-2026`даги рақибимиз Нигерияни мағлуб этди 0 11:27Ўсмирларимиз Almaty Cadet Asian Cup 2026 турнирида 26 та медаль билан биринчи бўлишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:59Нурсултон Рўзибоев: "Қирғизистон ва Тожикистон ММА жангчиларининг даражаси бизникилардан баландроқ" 0 10:34Вьетнам уруши фахрийлари Оқ уйдаги UFC турнирини бекор қилишга уринмоқда 0 10:06Жаҳон чемпионатида ҳакамлар қанча маош олади? 0

11 iyu 15:21
Yangiliklar

Futbol

JCH-2026 arafasida futbol qoidalarida bir nechta o'zgarishlar bo'ldi: mana o'sha 10 ta band

Teglar :  JCH-2026
Agar JCH-2022 asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalar miqdori bilan hayratda qoldirgan bo'lsa, endi bizni yanada kattaroq yangiliklar kutmoqda.

Xalqaro futbol associaciyalari kengashi (IFAB) VAR tizimining o'yinga aralashish vakolatlarini kengaytirdi, shuningdek, vaqtni cho'zish holatlariga qarshi kurashishning turli usullarini joriy qildi. Championat.com JCH-2026 musobaqasida hakamlar amal qiladigan barcha o'zgarishlarni bitta maqolaga jamladi. Biz esa sizlarga bularning o'zbekcha variantini taqdim etamiz.

1. VAR ikkinchi sariq kartochkalarni tekshiradi

Ehtimol, eng asosiy yangiliklardan biri — ikkinchi sariq kartochkalarning tekshirilishi. Biroq bu faqatgina ikkinchi ogohlantirish mutlaqo asossiz bo'lgan vaziyatlardagina amalga oshiriladi. Xuddi “Inter” — “Yuventus” uchrashuvidagi Per Kalulu bilan bog'liq mashhur vaziyat kabi: o'shanda Bastonining yaqqol simulyaciyasidan so'ng Kaluluga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilgan edi.

2. VAR burchak zarbalarini tekshiradi

Burchak zarbalarini tekshirish ham muhim o'zgarishlardan biridir. To'g'ri, bu borada ham cheklovlar bor. VAR endi jamoaga nohaq taqdim etilgan kornerlarni bekor qila oladi. Ammo agar biror jamoa burchak zarbasi ishlab olsa-yu, hakam adashib darvozadan to'p kiritishni ko'rsatsa, VAR jarayonga aralashmaydi.

Bu holat o'yinning cho'zilishiga olib kelishi borasida bahslar bor. Ko'rinishidan, yo'q. VAR faqatgina o'yinning qayta tiklanishi kechikmaydigan vaziyatlardagina aralashadi. Nazariy jihatdan, nohaq belgilangan burchak to'plari tezda tekshirilib, o'yin davom ettiriladi. Muhimi shundaki, JCH-2026 to'plariga maxsus chiplar o'rnatilgan bo'lib, ular to'pning maydonni tark etganini soniyalar ichida aniqlaydi. Biroq to'p aynan kimdan chiqib ketganini aniqlash biroz ko'proq vaqt talab qilishi mumkin.

gettyimages-2240828136-2048x2048.jpg

3. VAR endi o'yin to'xtagan paytdagi qo'polliklar uchun ham aralashadi

Bu unchalik ko'zga tashlanmaydigan, lekin juda muhim yangilik. Ilgari futbolchi burchak zarbasi amalga oshirilishidan bir soniya oldin raqibini itarib yuborib, keyin gol urishi mumkin edi. Agar bosh hakam bu folni o'tkazib yuborgan bo'lsa, VAR qoidaga ko'ra vaziyatga aralasha olmasdi va faqat to'p o'yinga kiritilgandan keyingi holatni tekshirishi shart edi. Endi qoidalardagi ushbu kamchilik bartaraf etildi.

4. Vaqtni cho'zish holatlari qattiqroq nazorat qilinadi

O'tgan yili darvozabon to'pni qo'liga olgandan keyin o'yinga kiritish uchun sakkiz soniya vaqt berilishi haqida qoida paydo bo'lgandi. Oxirgi besh soniyani hakam qo'lini ko'tarib, barmoqlari bilan sanaydi. Agar darvozabon ulgurmasa, uning jamoasi to'p nazoratini yo'qotadi va raqib jamoaga burchak zarbasi beriladi.

Ushbu mavsumda guvoh bo'lganimizdek, darvozabonlarga baribir sakkiz soniyadan ko'proq vaqt berilmoqda. Hakam qoidabuzarlikni to'qqizinchi soniyada emas, balki biroz kechroq qayd etadi. Masalan, yakunlangan mavsumda APL va RPL o'yinlarida hakamlar “Byornli” darvozaboni Martin Dubravka va “Akron” posboni Ignat Terexovskiy to'pni 12 soniyalab ushlab turganidan keyingina hushtak chalishdi. JCH-2026 dan boshlab ushbu amaliyot o'yinning boshqa pallasiga ham ko'chadi.

5. O'yinchi almashtirishlar ham tezlashadi

IFAB va FIFA o'yinchi almashtirishlar ham o'yin tempiga salbiy tasir qiladi, degan qarorga keldi. Endilikda futbolchi o'z raqami tushirilgan tablo ko'tarilgan paytdan boshlab 10 soniya ichida maydonni tark etishi kerak. Agar ulgurmasa, uning jamoasi bir daqiqa davomida maydonda bir kishi kam bo'lib o'ynaydi. SHu bilan birga, maydonni tribunalarga eng yaqin bo'lgan tomondan tark etish qoidasi ham o'z kuchida qoladi.

6. SHifokorlar yordami sababli futbolchilar maydon tashqarisida bir daqiqa qolishadi

Agar maydondagi o'yinchiga tibbiy yordam kerak bo'lsa, u maydon tashqarisida roppa-rosa bir daqiqa o'tkazishi shart. APLning o'tgan mavsumida futbolchilar bunday vaziyatlarda 30 soniyaga maydondan chiqib turishardi.

gettyimages-2280328149-2048x2048.jpg

7. Taktik taym-autlarga qarshi faqat “iltimoslar” bilan kurashiladi

Agar shifokor yordami darvozabonga kerak bo'lsa, unda hech kim maydonni tark etmaydi. Bu qoidalardagi yana bir tirqish edi. Murabbiylar o'yinchilarni zaxira o'rindig'i yoniga yig'ib, taktik ko'rsatmalar berish uchun darvozabonlardan jarohatni simulyaciya qilishni so'rashardi.

Bu borada qatiy cheklovlar joriy etiladi, ammo buning to'liq ijrosi, aftidan, qoidalarning keyingi tahririda aks etadi. ESPN malumotlariga ko'ra, shifokorlar darvozabonga yordam ko'rsatayotgan paytda, maydondagi o'yinchilardan o'z joylarida qolish va murabbiylar shtabi yoniga bormaslik so'raladi. Agar futbolchilar baribir murabbiy yoniga borishsa, hozircha hech qanday jazo ko'zda tutilmagan.

8. Norozilik bildirib maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi

Hakam qaroriga norozilik sifatida maydonni tark etgan har qanday o'yinchi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oladi. Xuddi shu qoida futbolchilarni maydondan chiqib ketishga chorlagan jamoa rasmiylariga ham tegishli. Agar jamoaning ushbu namoyishi uchrashuvning bekor qilinishiga sabab bo'lsa, u holda jamoaga texnik mag'lubiyat yoziladi. Bu qarorga Afrika Kubogidagi janjalli final sabab bo'ldi.

9. Og'izni yopganlik uchun maydondan chetlatish

Qoidalardagi yana bir band yaqindagi shov-shuvli voqeaga asoslangan. Gap, albatta, Janluka Prestiannining Vinisiusga aytgan gaplari haqida ketmoqda. Evropa CHempionlar Ligasi o'yinida argentinalik futbolchi og'zini qo'li bilan yopib, braziliyalikka nimadir degan edi. “Real” hujumchisi esa raqibini irqchilikda aybladi.

Endi og'zini qo'li, elkasi yoki formasi bilan yopgan har qanday o'yinchi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olishi mumkin. To'g'ri, agar suhbat do'stona xarakterda bo'lsa, jazo qo'llanmaydi. Bu erda hakamlar uchun unchalik oson bo'lmagan vazifa turibdi. O'yinchilar nuqtai nazaridan esa, og'izni yopish — ortiqcha tavakkalchilik. Ayniqsa, o'rtada ozgina bo'lsa ham kelishmovchilik hidi anqib turganda.

gettyimages-2262269571-2048x2048.jpg

10. Tanafsus 15 daqiqadan ko'proq davom etishi mumkin

Bu qoida faqat Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan final o'yiniga tegishli. AQSHda ananaviy ravishda sportning turli turlaridagi yirik o'yinlar tanafsusida shoular tashkil etiladi. Klublar o'rtasidagi JCH-2025 turnirida ham shunday bo'lgan edi.

FIFA JCH-2026 finalining tanafsusida SHakira, Madonna va BTS chiqish qilishini elon qildi. Biroq ularning chiqishlari qancha davom etishi hozircha aniq emas. Tashkilotchilar 15 daqiqalik vaqt ichiga sig'ishga harakat qilishlari haqida xabar berilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing