08 iyu 09:44
Yangiliklar
JCH-2026 ilk o'yinidagi raqibimiz Osiyo jamosini mag'lub etdi
Uchrashuv AQSHning San-Diego shahridagi "Snapdregon" stadionida bo'lib o'tdi. Unda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani tantana qilishdi.
O'yinning 41-daqiqasida Kolumbiya terma jamoasi vingeri Jon Aryas hisobni ochdi. Unga hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges golli uzatma etkazib berdi. Ikkinchi bo'limda o'yinga zaxiradan qo'shilgan lateral Santyago Ariasning pasidan so'ng, o'sha Jon Aryas dublni rasmiylashtirib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi.
2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi "K" guruhida Portugaliya, Kongo DR va O'zbekiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Iordaniya esa "J" guruhida Avstriya, Jazoir va Argentina bilan to'qnash keladi.

Fikrlar