20 iyu 10:13
Yangiliklar
JCH-2026`ni tark etgan ilk terma jamoa nomi malum bo'ldi
"S" guruhi 2-turidan o'rin olgan bahsda gaitiliklar Braziliyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi va o'tkazilgan ikki uchrashuvdan so'ng biror ochko jamg'ara olishmadi. SHu tariqa, Gaiti terma jamoasi guruh bosqichidan so'ng turnirdagi ishtirokini yakunlashi aniq bo'ldi.
So'nggi tur oldidan Braziliya va Marokash hisobida 4 tadan ochko mavjud, SHotlandiya esa 3 ochkoga ega. Agar Gaiti oxirgi o'yinda Marokashni mag'lub etib, shotlandlar bilan ochkolarni tenglashtirib olgan taqdirda ham, o'zaro o'yin natijasiga ko'ra (birinchi turda SHotlandiyaga yutqazishgan) ulardan pastda qoladi. Bu esa jamoani uchinchi o'ringa ko'tarilish imkoniyatidan ham mahrum etadi.
SHu tariqa, Gaiti JCH-2026ning 1/16 final yo'llanmasi uchun kurashdan rasman chiqib ketgan birinchi terma jamoa bo'ldi.

Fikrlar