So’nggi yangiliklar

15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0

03 may 22:39
Yangiliklar

Boks/MMA

JCH, 3-kun. Vakillarimizda navbatdagi g'alabalar, Qozog'iston esa ilk mag'lubiyatini qabul qildi, Kuba va Rossiyada nima gaplar?

Bugun boks bo'yicha jahon chempionatining uchinchi kuni ham yakuniga etdi.

Bugungi kun doirasida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi.

1. - 71 kgda 1/32 final jangi: Saidjamshid Jafarov - Tiago Muxanga (Mozambik), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).
2. - 60 kgda 1/16 final jangi: Marri Korr (Gambiya) - Mujibillo Tursunov, (2-raundda nokaut bilan).

Kecha Ruslan Abdullaev, SHohjahon Abdullaev hamda Jasurbek Yo'ldoevlar o'z g'alabalari bilan muxlislarni shod etgan edi.



Qo'shni Qozog'istonda esa bugun bir nafar bokschi o'z jangini o'tkazib, musobaqa bilan xayrlashdi:

1. - 60 kgda 1/16 final jangi: Talgat Sirimbetov (Qozog'iston) - Mohamed Abu-Jajeh (Iordaniya), (Hakamlar qarori bilan).

Bu Qozog'iston uchun mazkur musobaqadagi ilk yo'qotish bo'lganini takidlash kerak. Qozoqlar tarkibida hozircha Sag'indik Togambay, Sanatali Toltaev va Aybek Oralbaylar keyingi bosqich masalasini hal etgan.



Rossiyaliklar safida bugun ikki bokschi ringga chiqdi:

1. - 60 kgda 1/16 final jangi: Vsevolod SHumkov (Rossiya) - Vladislav Voroshilov (Isroil), (2-raundda TKO).
2. - 71 kgda 1/32 final jangi: Serxio Martines (Ispaniya) - Igor Sviridchenkov, (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Kecha ruslar vakili SHarabutdin Ataev serbiyalik Miloslav Savichni mag'lub etib, nimchorak finalga yo'l olgan edi. SHu tariqa, ruslar tarkibida ringga chiqqan har uchchala bokschi ham g'alaba qozongan holda keyingi bosqichga yo'l oldi.



Kuba terma jamoasida ham bugun kechagidek ikki bokschi ringga chiqdi:

1. - 60 kgda 1/16 final jangi: Erislandi Alvares (Kuba) - Janluiji Kalaipupin (Indoneziya), (1-raundda TKO).
2. - 71 kgda 1/32 final jangi: Deyvi SHennon (Avstraliya) - Jorj Terri Kuelya (Kuba), (Hakamlar qarori bilan).

Kecha Kuba vakillaridan Nelson Uilyams va Lasaro Alvares jang qilib, g'alaba qozongan edi. SHuningdek, kubalik Orta Rodriges ham turnirning ilk kunida raqibi ustidan zafar quchib, keyingi bosqich masalasini hal etgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing