So’nggi yangiliklar

15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0

07 may 11:23
Yangiliklar

Boks/MMA

JCH, 7-kun oldidan. "Bizda hammasi joyida", ruslarda yana mag'lubiyat, Kozog'iston va Kubaning holati qanday?

Kecha boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining oltinchi kuni yakuniga etdi.

Toshkentda davom etayotgan JCHning kechagi kunida uch nafar o'zbekistonlik bokschi ringga chiqdi:

1. -63,5 kgda 1/8 final jangi: Ruslan Abdullaev - Richanro Kolin (Mavrikiy), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
2. -67 kgda 1/16 final jangi: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Yuta Vakita (Yaponiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
3. -71 kgda 1/16 final jangi: Saidjamshid Jafarov - Alvares Verde (Meksika), (Hakamlar qarori bilan).

SHu tariqa, JCHning oltinchi kunida jang qilgan bokschilarimizning har uchchalasi g'alaba qozonishdi. Ahamiyatlisi, Ruslan Abdullaev kechagi g'alabasi orqali chorak final masalasini hal etgan ilk bokschimizga aylandi. Terma jamoamiz hozircha birgina yo'qotish bilan qolyapti. Yana bir qiziqarli fakt: jahon chempionatining ettinchi kuniga kelib, faqatgina ikki bokschimiz jang qilmadi: Oybek Jo'raev (- 54 kg) hamda Aloxon Abdullaev (-75 kg). Abdullaev bugun ringga ko'tarilsa, Oybek Jo'raev ertaga o'zining ilk jangini o'tkazadi.



Kecha Qozog'iston terma jamoasining ikki nafar vakili jang qilgan edi:

1. -67 kgda 1/16 final jangi: Dulat Bekbauov (Qozog'iston) - Andrey Mustet (Ruminiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
2. -71 kgda 1/16 final jangi: Aaron Prins (Trinidad va Tobago) - Arslanbek SHimbergenov (Qozog'iston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

O'z janglarida zafar quchgan har ikki bokschi ham nimchorak finalga yo'l oldi. Umuman olganda, Qozog'iston terma jamoasi jahon chempionatining ettinchi kuniga kelib, uch nafar bokschisidan ayrildi, bular: Talgat Sirimbetov (-60 kg), Sanatali Toltaev (-63,5 kg) hamda Aybek Oralbay (-92 kg).

Bugun qozoqlarning to'rt nafar vakili jang qiladi:

1. -51 kgda 1/16 final jangi: Saken Bibiosinov (Qozog'iston) - Dipak Kumar (Hindiston)
2. -86 kgda 1/8 final jangi: Serik Temirjanov (Qozog'iston) - Roland Veresh (Vengriya) 
3. -75 kgda 1/16 final jangi: Nurkanat Rayis (Qozog'iston) - Delgado de los Santos (Dominikan Respublikasi)
4. +92 kgda 1/8 final jangi: Mohammed Mlayes (Suriya) - Kamshibek Konkabaev (Qozog'iston).


Kuchli termalardan yana biri — Rossiya tarkibida ham kecha 3 bokschi jang qildi:

1. -67 kgda 1/16 final jangi: Tarxan Idigov (Rossiya) - Bibnyam Abebe Yelisho (Efiopiya), (3-raundda KO-TKO)
2. -63,5 kgda 1/8 final jangi: Gabil Mamedov (Rossiya) - Xunatip Pidnuch (Tailand), (Hakamlar qarori bilan). 
3. -71 kgda 1/16 final jangi: Igor Sviridchenkov (Rossiya) - Peerapat Yeasungnoen (Tailand), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Qayd etish joiz, Mamedovning mag'lubiyati, ruslar uchun mazkur musobaqadagi ikkinchi yo'qotish bo'ldi. Avvalroq, eng og'ir vazndagi Oleg Dronov qozog'istonlik Kamshimbek Konkabaevga yutqazib, musobaqani tark etgan edi.

Bugun Rossiya tarkibida ikki bokschi: Vasiliy Egorov (-51 kg) hamda Pavel Sosulin (-75 kg) jang qiladi.


Janubiy Amerika qitasidan tashrif buyurgan mexmonlar, yani kubaliklarda ham holat yaxshi. Kecha ularning 3 nafar bokschisi jang qildi:

1. -71 kgda 1/16 final jangi: Xorxe Kuelyar (Kuba) - Simnikive Bongko (JAR), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
2. -67 kgda 1/16 final jangi: Ronel Iglesias (Kuba) - Jonni Fernandes (Dominikan Respublikasi), (Hakamlar qarori bilan). 
3. -63,5 kgda 1/8 final jangi: Lasaro Alvares (Kuba) - Yuri Falkao dos Reys (Braziliya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Yuqorida aytilganidek, Kuba terma jamoasida ishlar "besh". Hali umuman yo'qotishga uchramagan bu terma jamoa medallar jamg'arishda yuqori o'rinni qo'lga kiritishi shubxasiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing