So’nggi yangiliklar

18:20Руслан Абдуллаев филиппинлик тажрибали рақибига қарши жангидан қанча гонорар олгани маълум бўлди 0 17:57"Байер" Алонсонинг "Реал"ни бошқаришни истаётганини билади ва мураббийга тўсқинлик қилмайди 0 17:35Промоутер: "Барчамиз биламиз, у Виржил Ортис билан жанг қилишни хоҳламайди" 0 17:08Осиё чемпионатида муваффақиятли қатнашган курашчиларимиз муносиб тақдирланишди 0 16:43Сирочбек Исмоилов ягона мағлубиятини Шакур Стивенсондан қабул қилиб олган япон боксчисини таслим этди! Уч нафар боксчимиз Кореядаги проф бокс оқшомида жанг қилди 0 16:17"Манчестер Юнайтед" деярли 60 млн евро турадиган футболчига қизиқиш билдирмоқда 0 15:52Хильберто Рамирес кейинги жангини июнь ойида ўтказади, рақиб аниқ 0 15:29Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг тарихий Жаҳон чемпионатидаги сўнгги ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:55Мадримовнинг вазнидаги қозоғистонлик боксчи проф фаолиятида илк бор ғалаба қозона олмади 0 14:30"Манчестер Сити" 70 млн евродан ортиқ маблағга португалиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:05Кичик ўсмир боксчиларимиз Осиё чемпионатини иккита ғалаба билан бошлашди. Бугун яна беш нафар вакилимиз рингга чиқади 0 13:42Ўзбекистон чемпион бўлган Жаҳон чемпионатининг IV дивизионида якуний турнир жадвали қай ҳолатда? 0 13:15WBC Гран-приси. Бугун Лазизбек Мулложоновга мухлислик қиламиз 0 12:50"Барселона"да "Реал"га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор 0 12:19Боб Арум: "Ломаченко фаолияти бўйича қарор қабул қилиши керак" 0

08 iyu 14:05
Yangiliklar

Futbol

JCH saralash oldidan. SHimoliy Koreya - dastlabki raqib

Teglar :  SHimoliy Koreya
O'zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati 3-saralash bosqichini o'z maydonida SHimoliy Koreyaga qarshi bahs bilan boshlaydi.

O'yin 5 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. SHunday qilib hal qiluvchi saralashda ilk raqibimiz SHimoliy Koreya bo'ladi. Bu jamoani xoh SHimoliy Koreya deng, xoh KXDR.


Albatta, o'yinga yaqin qolganda raqib haqida yanada ko'proq malumot beramiz, hozir esa asosan ular haqidagi umumiy tushuncha va qanday qilib 3-bosqichga etib kelgani haqida suhbatlashamiz.



Bilasizmi? Bu jamoa ikki marta JCHda qatnashgan


Ha, shunday. Biz ko'pincha kuchsiz deb biladigan KXDR terma jamosi o'z tarixi mobaynida ikki bor jahon chempionatida ishtirok etgan. Birinchisi olis 1966 yilga borib taqaladi. O'shanda shimolliklar Osiyo-Okeaniya o'tish o'yinida Avstraliya bilan bellashib, 6:1 hamda 3:1 hisobida zafar quchgan holda Osiyodan JCHning yagona ishtirokchisiga aylangandi.

Ikkinchi ishtirok esa 2010 yil JARda o'tkazilgan mundialga to'g'ri keladi. Bunda SHimoliy Koreya hal qiluvchi bosqichda Janubiy Koreyadan so'ng ikkinchi o'rinni egallab JCH yo'llanmasiga ega chiqqandi. Yana kimlarni ortda qoldirib deysizmi, Saudiya Arabistoni, Eron va BAAni. Keling, shu o'rinda natijalarni eslab o'tamiz.




1-tur. BAA - KXDR 1:2
2-tur. KXDR - Janubiy Koreya 1:1
3-tur. Eron - KXDR 2:1
4-tur. KXDR - Saudiya Arabistoni 1:0
5-tur. KXDR - BAA 2:0
6-tur. Janubiy Koreya - KXDR 1:0
7-tur. KXDR - Eron 0:0
8-tur. Saudiya Arabistoni - KXDR 0:0

Keyinchalik mundialda "G" guruhidan joy olgan SHimoliy Koreya Braziliya, Portugaliya va Kot-D'Ivuarga qarshi maydonga tushib, barcha o'yinlarda mag'lub bo'lgan va nol ochko bilan musobaqani tugatgan.




KXDR uchinchi bosqichga qanday etib keldi?


Yana hozirgi davrga qaytamiz va SHimoliy Koreyaning qanday qilib uchinchi bosqichga etib kelgani haqida fikr yuritamiz. Bu jamoa reytingda birmuncha yuqori o'rinda bo'lgani sabab ikkinchi bosqichdan kurashga qo'shildi va qura paytida Yaponiya, Suriya va Myanma bilan bir guruhda joy oldi. Guruhdagi barcha 6ta uchrashuvni g'alaba bilan yakunlagan Yaponiya terma jamoasi 18 ochko to'plab keyingi bosqichga chiqqan bo'lsa, KXDR 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi va Suriyani ortda qoldirgan holda uchinchi bosqichga etib keldi.

2-bosqichdagi natijalar:

1-tur. Suriya - KXDR 1:0
2-tur. Myanma - KXDR 1:6
3-tur. Yaponiya - KXDR 1:0
4-tur. KXDR - Yaponiya 0:3 (texnik g'alaba, Yaponiyada "tarqalayotgan kaksallik sabab" KXDR bu o'yinga mezbonlik qilishdan bosh tortdi va natijada raqib foydasiga texnik g'alaba yozildi).
5-tur. KXDR - Suriya 1:0
6-tur. KXDR - Myanma 4:1

Etibor berib qarasak, KXDR 9 ochkoni ikki bor Myanma va bir marta Suriyani mag'lub etgan holda qo'lga kiritgan. Nega Suriya chiqa olmadi? CHunki ular uyda KXDR va Myanmani yutgani bilan safarda aynan Myanmaga qarshi 1:1 hisobida yakun topgan. Mana shu durang Suriyani guruhda qoldirib ketdi.




Yana bir malumot shuki, KXDR oxirgi 2ta uy uchrashuvini o'z maydonida emas, balki Laos poytaxti Ventyanda o'tkazdi. Bu erda "Yangi Laos Milliy Stadioni" bor bo'lib, o'z bag'riga 25 ming tomoshabinni sig'dira oladi.

Hozircha SHimoliy Koreya terma jamoasining 3-bosqich uy uchrashuvlarini qaerda o'tkazishi aniq emas. 19 noyabr kuni KXDR maydoniga safar qilishimizni hisobga olsak, bu ham biz uchun muhim hisoblanadi. Balki OFK KXDRga yana Laosdagi stadiondan foydalanishga ruxsat berar. Buni endi vaqt ko'rsatadi.




P.S. KXDR terma jamoasini ayni payt 46 yoshli mahalliy mutaxassis Sin Yong Nam boshqaryapti. Suriyaga qarshi o'yinning 90+2-daqiqasida gol urib o'z jamoasiga g'alaba taqdim etgan futbolchi Jong Il Gvan bo'lib, u 1992 yilda tug'ilgan va KXDR tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. 2011 yildan beri terma jamoada o'ynab kelayotgan bu hujumchi shu paytgacha 80 o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urgan.


X.Xoliqov.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing