02 may 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA
JCH. SHarabutdin Ataev serbiyalik raqibi ustidan zafar quchdi
Boks bo'yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Ikkinchi kunning kunduzgi dasturidan o'rin olgan yana bir jang yakunlandi. Unda - 86 kg vazn toifasida vakillari — rossiyalik SHarabutdin Ataev hamda Serbiya vakili Miloslav Savich to'qnash keldi. Mazkur jangda vaznning uchinchi raqamli jangchisi sifatida tasniflangan SHarabutdin Ataev hakamlar qarori bilan (3:2) g'alaba qozondi va nimchorak final bosqichiga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu vaznda hamyurtimiz SHohjahon Abdullaev ham g'oliblik uchun kurash olib boradi. U birozdan so'ng qirg'izistonlik Adilbek Erkin Uluuga qarshi saralash jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar