So’nggi yangiliklar

15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0

03 may 19:15
Yangiliklar

Boks/MMA

JCH. Uchinchi kunda ringga chiqqan ikkala bokschimiz ham ishonchni oqladi!

Toshkentda o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kuni o'zbek bokschilari uchun yakunlandi.

Bugungi kun doirasida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi.

Kunduzgi dasturda:

1. - 71 kgda 1/32 final jangi: Saidjamshid Jafarov - Tiago Muxanga (Mozambik), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Kechgi dasturda:

1. - 60 kgda 1/16 final jangi: Marri Korr (Gambiya) - Mujibillo Tursunov, (2-raundda nokaut bilan).

SHu tariqa, Jafarov 1/16 final bosqichiga, Mujibillo esa nimchorak finalga yo'l oldi.

MATNLI TRANSLYACIYA


18:37. NOKAUUUT! Mujibillo raqibini muddatidan oldin engdi! Bu mazkur jahon chempionatidagi ilk erta g'alaba bo'ldi, albatta o'zbek bokschilari hisobidan:)

18:35. Birinchi raund yakuniga etdi. Hamyurtimiz bu raundda yaqqol ustunlikka ega bo'ldi, garchi bo'y ustunligi raqibida bo'lsa-da.

18:30. Tursunovning jangi start oldi. O'sha gap: hamyurtimizga omad tilaymiz!

18:20. Mujibillo Tursunov jangi boshlanishiga bir necha daqiqalar qoldi.

16:40. Endi ikki soatlik tanaffus elon qilamiz. Mujibilloning jangida ko'rishguncha:)



16:37. G'-A-L-A-B-A! Saidjamshid o'zbekistonlik bokschilarning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.

16:32. Ikkinchi raund ham yakuniga etdi. Jafarov bu raundda ham ustunligini saqlab qoldi. Takidlash joiz, jang hozircha ochiq kurashlar ostida kechmayapti.

16:27. Ilk raund yakunlandi. Hammasi zo'r, kutilganidek. "G'ayra-g'ayra, dam-ba, dam", buni arenadagilar yaxshi his qilishadi)

16:22. Demak, "Jimmi" ringga chiqmoqda. Hamyurtimizni qo'llab-quvvatlaymiz, onlayn bo'lsa-da:)

16:05. Assalomu alaykum, qadrli boks muxlislari! Jahon chempionatining uchinchi kunidan o'rin olgan janglar davom etmoqda. Yana bitta jangdan so'ng -71 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ilk saralash jangini o'tkazadi. Soon...

Reyting: +2   

Fikrlar

   
04 may 12:46:51
Boks
Chet davlatdan qanday korsa boladi janglarni
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing