04 may 14:45
Yangiliklar

Jek Mulovayi: Bahodir Jalolovning obro'si meni qo'rqitmaydi
Xabaringiz bor, Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 10 iyun kuni AQSHda belgiyalik Jek Mulovayiga qarshi o'tkazadi. Mulovayi bo'lajak jang va raqibi to'g'risida gapirdi.
«Amerikaga qaytish uchun yana bir imkoniyat borligidan juda xursandman va minnatdorman. Bu men va kareram uchun qayta ko'tarilishdir. 2019 yilda Frank Sanches bilan jang qilganimda qotib qoldim va AQSHda jang qilishga ruhiy jihatdan tayyor emas edim. Oxirgi mag'lubiyatimdan keyin to'rtta jangda g'alaba qozondim. Raqibimning obro'si meni qo'rqitmaydi. Kim bilan jang qilishimdan qati nazar, nokautga intilish, himoya hamda hujumda faol bo'lish mening uslubim. Men ajoyib jang ko'rsatishni va jahon chempionati darajasidagi davogar ekanligimni isbotlashni rejalashtiryapman», - dedi Jek.
Fikrlar