19 apr 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Jek Pol: "Boksdagi uchta raundda uning butun faoliyatidan ko'ra ko'proq pul topdim"
Boksdagi chiqishlari bilan tanilgan amerikalik bloger va aktyor Jek Pol aralash yakkakurashlar ustasi Maykl Bisping haqida fikr bildirdi.
"U ijtimoiy tarmoqlar orqali o'zi erishgan yutuqlarga men hech qachon erisha olmasligimni yozganida, o'tgan yilgi janglarda ishlab topgan 50 million dollarim bilan ko'z yoshlarimni artdim. U butun faoliyati davomida ishlagan pulga qaraganda, men boksdagi uch raundda undan ko'proq pul topdim. SHunday ekan, u nega bu bemani gaplar uchun yangi boshlovchiga jahl qilganini tushunaman.
U bank hisobiga qaraganida, bor mablag'ining yarminigina ko'radi. U haqiqatan ham bu mablag'ning yarmini topdim deb o'ylaydi, chunki u faqat bir ko'z bilan ko'radi", - deya Polning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar