01 avg 13:04
Yangiliklar
Futbol
"Jenoa" Otabek SHukurovga qiziqmoqda
O'zbekiston terma jamoasi va "Fotih Karagyumruk" klubi yarim himoyachisi Otabek SHukurov faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Sport Italia" xabariga ko'ra, "Fotih Karagyumruk"ning 27 yoshli futbolchisiga Eldor SHomurodovning sobiq jamoasi "Jenoa" qiziqish bildirmoqda.
SHukurov o'tgan mavsum Turkiya Superligasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali xavbekni 2,5 million evroga baholagan.
Malumot uchun, "Jenoa" o'tgan mavsum B Seriyada 2-o'rinni band etib, A Seriya 2023/24 yilgi mavsumida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan.
Havola :
Fikrlar