05 okt 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Jermell CHarlo kim bilan jang qilishni istayotganini aytdi
Birinchi yarim vazn toifasidagi sobiq mutlaq jahon chempioni Jermell CHarlo Saul Alvaresdan uchragan mag'lubiyatidan keyingi rejalari haqida gapirdi.
Tomonlar o'rtasida Las-Vegasda tashkillashtirilgan jang Kaneloning g'alabasi bilan yakunlangan.
"Birinchi o'rta vazn toifasiga qaytaman. Bu juda muhim. Vaznimni tezda tashlayman. O'z rejalarimdan chetga chiqmayman va kim bilan jang qilish kerak bo'lsa, jang qilaman. Asosiysi - buyuk bo'lish, boks afsonasiga aylanish.
Umid qilamanki, meni ham shon-shuhrat zaliga qo'yishadi. Bu ish bilan kim shug'ullanishini bilmayman, ammo men u erga loyiqman deb hisoblayman. Murabbiylarimni eshitishga tayyorman, Tim Czyu bo'lsa, u bilan ham jang qilaveraman", - dedi CHarlo.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar