05 mar 10:11
Yangiliklar
Jermell CHarlo oxirgi chempionlik kamaridan ham mahrum qilindi
CHarlo 2022 yilning may oyida o'z qo'lida barcha chempionlik kamarlarini birlashtirgan edi. WBA rahbari Xilberto Mendosa rahbarligidagi qo'mita azolari amerikalik 33 yoshli bokschini kamaridan mahrum qilish va uni "tatildagi chempion" deb elon qilishga ovoz bergan.
"Tatildagi chempion" maqomi CHarloga birinchi o'rta vazndagi WBA chempionlik kamari uchun to'g'ridan-to'g'ri, hech qanday Eliminator, yani saralash janglarisiz ringga chiqish huquqini beradi. Hozircha Jermellning birinchi o'rta vazn toifasida qolib, janglarni o'tkazishi ham malum emas.
Avvalroq, 8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan boks oqshomida birinchi o'rta vaznda vakant qolgan WBA kamari uchun hamyurtimiz Isroil Madrimovning rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi ringga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik. Lekin bu jangning o'tkazilishi hamon so'roq ostida qolmoqda.
Fikrlar