09 avg 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Jermeyn Franklin Uayt Joshua bilan jang oldidan doping qabul qilgani haqida gapirdi
Super og'ir vazn toifasida amerikalik jangchi Jermeyn Franklin Dillian Uayt Entoni Joshua bilan revansh jangi oldidan doping qabul qilganligi haqida gapirdi.
"Ehtimol, biz jang qilganimizda u doping istemol qilgandir. Bu u bilan birinchi marta sodir bo'layotgani yo'qligini eshitdim. Biz jang qilganimizda ham u doping istemol qilgan bo'lishi mumkin. Biroq o'shanda hech qanday shubhali narsani sezmagan edim.
Bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Ular umrbod diskvalifikaciya qilinishi kerak. Agar taqiqlangan dori-darmonlarni qabul qilsangiz, vaqtinchalik faoliyatni to'xtatish huquqiga ega bo'lishingiz mumkinligini tushunaman. Ammo, sportchi steroid istemol qilsa va bir necha marta ushlangan bo'lsa, boksdan haydalishi kerak. U odamlar sog'lig'iga xavf tug'diradi", - dedi Franklin.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar