01 noy 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervonta Devis chempionlik jangida raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib qo'ydi
AQSHning San-Antonio shahrida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida engil vazn toifasida WBA Regular kamari sohibi Jervont Devis birinchi engil vazn toifasida WBA kamari sohibi Leo Santa Krusga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan bahs oltinchi raundda yakunlandi. Krus oltinchi raundda raqibidan kuchli apperkot zarbasini o'tkazib yubordi va chuqur nokaut holatiga tushib qoldi. Santa zarbadan so'ng deyarli ikki daqiqa o'ziga kela olmadi va shifokorlar yordamida ringni tark etdi.
Bu Devisning faoliyatidagi 24-g'alabasi bo'ldi. Hozircha uning hisobida mag'lubiyat yo'q.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar