17 dek 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Jervonta Devis faoliyatini yakunlaganidan so'ng qanday ish bilan shug'ullanishini aytdi
Engil vazn toifasida WBA Regular kamari sohibi Jervonta Devis faoliyatini tugatishi, lekin oldin o'z vazn toifasining barcha etakchilari bilan jang qilishi haqida gapirdi.
"Yolg'on gapirmoqchi emasman. Boksda uzoq vaqt qolmayman. Diviziondagi barcha yigitlar bilan jang qilganimdan keyin ketaman", - dedi Devis.
Jervontaning faoliyatini yakunlaganidan so'ng yosh bokschilarning muvaffaqiyatga erishishiga yordam berish niyatida ekanini takidladi.
"Hozir meni kuzatib borayotgan odamlarga yordam berishni xohlayman", - deya qo'shimcha qildi Devis.
Eslatib o'tamiz, Jervonta 7 yanvar kuni dominikalik Ektor Luis Garsiya bilan, agar uni mag'lub etsa 15 aprel kuni hamyurti Rayan Garsiyaga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar