01 noy 17:17
Yangiliklar
Jervonta Devis notanish ayolga hujum qilishda ayblanmoqda
VIP zalida xizmat qiluvchi oficiant 30 oktyabr kuni Devisga qarshi fuqarolik davosini qo'zg'atib, bokschini og'ir kaltaklash, noqonuniy qamoqqa olish, odam o'g'irlash va qasddan ruhiy tushkunlik keltirib chiqarishda aybladi.
Uning takidlashicha, hujum 27 oktyabr kuni sodir bo'lgan. Davo arizasiga ko'ra, Devis uni klubning ikkinchi qavatidagi VIP zalida uchratib qolgan. Keyin u uni zo'rlik bilan ushlab, orqa eshikdan avtoturargohga sudrab chiqqan. Bu vaqt ichida Devis uni bir necha bor bo'g'ib, boshining orqa qismiga urgan.
Oficiant ayol va Devis ilk bor 2022 yilda tanishishgan. U hujumga uchraganini davo qilishidan oldin besh oy davomida Jervonta bilan munosabatda bo'lgan. SHu oylar davomida bokschi unga to'rt marta jismoniy hujum qilgani va ikki marta o'ldirish bilan tahdid qilgani aytilmoqda.
Fikrlar