09 dek 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervonta "Tank" Devis SHahram va SHohjahonning vaznidagi kamaridan voz kechdi
Birinchi yarim o'rta va engil vazn toifasida WBA chempioni Jervonta Devis (26-0, 24 KO) birinchi yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik unvonidan voz kechishga qaror qildi.
Devis faqat engil vazndagi (61,2 kg) WBA kamarini saqlab qolishini aytdi. WBA chempiondan qaror chiqarishni talab qilgan va Jervonta engil vaznda qolishga qaror qilganini malum qildi. Avvalroq, Jervonta bir vaqtning o'zida engil va birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA kamarlariga egalik qilayotgandi.
Eslatib o'tamiz, Devis 5 dekabr kuni hakamlarning yakdil qarori bilan Kruzni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar