26 okt 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol Fyuriga qarshi jangga tayyor ekanligini aytdi
Amerikalik bokschi-videobloger Jeyk Pol superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuriga qarshi jang qilmoqchi ekanini malum qildi.
"Olti kundan keyin men Anderson Silva bilan jang qilaman va shundan so'ng semiz Jeyk boshqa onadan bo'lgan akam Tayson Fyuri bilan jang qilish uchun super og'ir vazn toifasiga chiqadi", - deb yozadi Jeyk.
SHuningdek, Jeyk Pol semiz odamdek taassurot qoldiruvchi kostyum kiyib ishlayotgan videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.
"Men superog'ir vazn toifasiga o'tganimdan so'ng, Tayson Fyuri biroz jim bo'lib qoldi. Qaerdasan?", - deya Fyuriga murojaat qildi Pol.
Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol va Anderson Silva o'rtasidagi jang 30 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Tayson Fyuri esa 3 dekabr kuni Derek CHisoraga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar