19 jan 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol Mayk Taysonga qarshi ko'rgazmali jang yuzasidan muzokara olib boryapti
Taniqli bloger va boks afsonasi o'zaro ringda to'qnash kelishlari mumkin.
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson hamda taniqli bloger-bokschi Jeyk Pol o'zaro ko'rgazmali jang o'tkazish bo'yicha muzokara o'tkazishmoqda. Jang Las-Vegas shahrida o'tkaziladi va umumiy hisobda 50 mln dollar foyda keltirishi kutilmoqda.
Manbaning malum qilishicha, ikki tomon hozirda og'zaki kelishuvga erishgan. Hozirda jangning moliyaviy taqsimoti borasida ishlar ketmoqda. Mayk Tayson kafolatlangan bonus va foydadan malum miqdorda pul olishni maqsad qilgan. Jeyk Pol va Mayk Tayson o'rtasidagi jang ikki avlod o'rtasidagi qarama-qarshilik, bu esa ko'pchilik uchun qiziqarli bo'lishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar