21 dek 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol muvaffaqiyatli operaciya qilindi + FOTO
Entoni Joshuaga qarshi boks jangida jag'ini ikki joyidan sindirib olgan Jeyk Pol Mayami universiteti kasalxonasida muvaffaqiyatli operaciya qilindi.
"Hozirgina jarrohlik amaliyotidan so'ng o'zimga keldim. Hammasi silliq kechdi. Qo'llab-quvvatlaganingiz va iliq so'zlaringiz uchun barchangizga rahmat. Og'riqlar bor. Etti kun faqat suyuq ovqat ichishga to'g'ri keladi. Mayami universiteti shifoxonasidagi ajoyib jamoaga alohida rahmat - hamma juda etiborli, xayrixoh va g'amxo'r" deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqda jarrohlik amaliyotidan keyingi rentgen suratini elon qilib.
Eslatib o'tamiz, Mayamida bo'lib o'tgan boks oqshomida superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bloger-bokschi Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar