05 jan 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol nomalum muddatga chetlatish oldi
Florida shtati sport komissiyasi Entoni Joshuaga qarshi jangda jag'i sinib ketgan Jeyk Polga tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha muddatsiz diskvalifikaciya elon qildi.
Endi Jeyk Pol ringga qaytish uchun tekshiruvdan o'tishi va boks janglarida qatnashish uchun shifokor ruxsatini olishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Jeyk oltinchi raunddagi nokautga qadar to'rt bor nokdaun holatiga tushib qolgandi. Jangdan so'ng uni kasalxonaga olib ketishgan, u erda pastki jag'ining singan joylaridan bir nechta tishlari olib tashlangan hamda titan plastinkalar bilan mahkamlangan edi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar