21 fev 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol singan jag'ida ikkinchi jarrohlik amaliyotini o'tkazdi + FOTO
Bloger-bokschi Jeyk Pol dekabr oyida superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi kechgan jangda singan jag'ida qayta operaciya o'tkazishiga to'g'ri keldi.
"Yana jag'imni operaciya qildirishga to'g'ri keldi. Boltlar va plastinalar bo'shashib ketdi, chunki men o'tgan ikki oy davomida tinch holatda bo'lmadim", - deb yozdi Pol ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 20 dekabr kuni bo'lib o'tgan Joshua va Pol o'rtasidagi jang oltinchi raundda to'xtatilgandi. O'sha vaziyatda Pol o'ng qo'l zarbasini o'tkazib yuborib, ikkinchi marta nokdaun holatiga tushib qolgandi. Jangdan so'ng Jeyk darhol kasalxonaga olib ketildi va operaciya qilindi. Jarrohlik amaliyoti jarayonida Polning bir nechta tishlari olib tashlandi, singan pastki jag'ini esa titan plastinkalar bilan mahkamlandi.




Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar