21 dek 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol singan jag'ini davolaganidan keyin birinchi og'ir vaznga qaytadi
Amerikalik aktyor va bloger Jeyk Pol professional boksdagi faoliyatini birinchi og'ir vazn toifasida davom ettirish niyatida.
Pol kecha superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga oltinchi raunddagi nokaut evaziga yutqazgandi. Jangdan so'ng Jeyk kasalxonaga yotqizildi, shifokorlar unga jag' suyagining ikki joyidan sinishi tashxisini qo'yishdi.
"Biz singan jag'ni davolab qaytamiz va o'z vaznimdagi bokschilar bilan jang qilamiz. Men birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempioni unvoni uchun kurashmoqchiman. Hozircha ozgina tanaffus qilaman... Olti yil davomida og'ir rejimda muvaffaqiyatli ishladim", - deya Polning so'zlarini keltiradi BBC.
Eslatib o'tamiz, Joshuaga qarshi jangdan oldin 28 yoshli Jeyk birinchi og'ir vazn toifasi WBA reytingida 14-o'rinni egallab turgandi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar