23 mar 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA
"Jeyk Pol tez orada elon qiladi" - Mokaev MVP promoushenida ishtirok etishiga ishora qildi
Britaniya-rossiyalik 25 yoshli aralash yakkakurash ustasi Muhammad Mokaev tez orada yangilik bo'lishini aytmoqda.
O'ta engil vazn toifasida Brave CF promousheni chempioni bloger va professional bokschi Jeyk Polning Most Valuable Promotions (MVP) promoushenida ishtirok etishiga shama qildi.
"Oldinda katta jang anonsi. Jeyk Pol tez orada buni elon qiladi!", - deb yozdi Mokaev X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Mokaev aralash yakkakurashlarda 16 ta jangda 16 ta g'alabaga erishgan. Uning ishtirokidagi yana bir jang o'tkazilmagan deb topilgan. Muhammad so'nggi bor Nure FC doirasida UFC promoushenining engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan bilan greppling jangida ishtirok etgandi. Mokaev bo'g'ish usuli bilan Armanga yutqazgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar