28 okt 12:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol va Anderson Silva yuzma-yuz keldi, ertadan keyin jang + VIDEO
Taniqli video-bloger Jeyk Pol sobiq UFC chempioni Anderson Silvaga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang AQSHning Glendeyl shahridagi "Gila River Arena"da bo'lib o'tadi. Jeyk "The Problem Child" Pol va Anderson "Spider" Silva o'rtasidagi boks qoidalari asosidagi ushbu jang 8 raund etib belgilangan.
Braziliyalik 47 yoshli Anderson Silva ayni paytgacha boksda uch bor g'alaba qozongan va bir marotaba mag'lub bo'lgan. 25 yoshli amerikalik Jeyk Polning statistikasi esa 5-0!
Jang oqshomi yakshanba tongida, Toshkent vaqti bilan soat 7:00da boshlanishi belgilangan.
Kecha bo'lib o'tgan face-to-face marosimidan videoni tomosha qiling:
Havola :
Manba : twitter.com/MMA Junkie
Fikrlar