30 okt 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeykobs - Alvares: Birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkaziladi
Professional boksning o'rta vazn toifasida IBF chempioni Deniel Jeykobs birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
Jeykobs WBS va WBA yo'nalishlari chempioni meksikalik Saul“Kanelo” Alvaresni ringga chorladi. Yakshanba kuni Jeykobs ukrainalik Sergey Derevyanchenkoni mag'lub etib, vakant bo'lib turgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Malumot uchun, Jeykobs 2017 yilning mart oyida endilikda sobiq jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga imkoniyatni boy bergandi.
“Golovkin endi chempion emas, shu bois menga u bilan revansh jangi o'tkazish qiziq emas. Men amaldagi jahon chempionlariga qarshi jang o'tkazishni afzal bilaman”, - dedi Jeykobs.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar