12 okt 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyron Ennis ishtirokidagi jang birinchi raunddayoq tugadi
Bugun tong saharda AQSHning Filadelfiyasida professional boks turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy jangida yarimo'rta vaznda sobiq IBF chempioni Jeyron Ennis professional faoliyatidagi 35-g'alabasini qo'lga kiritdi. Amerikalik 28 yoshli Ennis bugun birinchi o'rta vazn toifasida debyut qildi. Uning raqibi angolalik Uisma Lima bo'ldi.
Jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Ennis avvaliga Uismani nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Keyin esa ketma-ket kuchli zarbalar evaziga raqibini texnik nokautga uchratdi. Jeyron mag'lubiyatsiz odimini davom ettirdi. Yaqinda uning promouteri Eddi Xirn asosiy maqsadi mijoziga P4P reytingi etakchisi Terens Krouford bilan jangni tashkil qilib berish ekanini aytgan edi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar